Sent-Lyusiya

Sent-Lyusiya

Sent-Lyusiya bayrog'i
📍
Poytaxt
Kastri
👥
Aholi
184 100
🗺️
Maydoni
617 km²
💰
Valyuta
Sharqiy Karib dollari (XCD)

📖 Tarixi

1502-yili Kolumb ochgan Sent-Lyusiya oroli 1635-yili fransuz mustamlakasi bo‘lib qoldi. XII asrda orol navbati bilan fransuzlar qo‘lidan inglizlar qo‘liga o‘tib yurdi, ammo 1814-yili Sent-Lyusiya butunlay Buyuk Britaniya qoliga o‘tdi. 1958-1967-yillarda Sent-Lyusiya Vest-Indiya Federatsiyasiga kirdi, 1979-yilning fevralida esa mustaqil davlat deb e’lon qilindi.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodiyotining rivoji asosan qishloq xo‘jaligi va turizm sohasida kuzatiladi. Mehnatga layoqatli aholining 43% i band bo‘lgan qishloq xo‘jaligi YIMning 16% ini tashkil etadi. Banan va kokos yong‘oqlari eng muhim eksport mahsulotlaridan hisoblanadi. Sanoat tarmoqlari orasida eng rivojlanganlari - to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati. Eng muhim hamkorlari: Buyuk Britaniya, AQSh, Karib havzasi mamlakatlari. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 760 km. Porti-Kastri.