Kayman orollari
Kayman orollari
📍
Poytaxt
Jorjtaun
👥
Aholi
84 738
🗺️
Maydoni
264 km²
💰
Valyuta
Kayman orollari dollari (KYD)
📖 Tarixi
1503-yili X.Kolumb tomonidan kashf qilingan. 1670-yilda Ispaniya orollarni Angliyaga topshirdi. Kayman orollariga Yamaykadan aholi ko‘chib kela boshlagan. 1863-1962-yillarda orollar rasman Yamayka tarkibida bo‘lgan. Amaldagi konstitutsiya 1972-yilda qabul qilingan.
📈 Iqtisodiyoti
Iqtisodiyot asosini turizm tashkil etadi. Moliya va bank sektorlaridan orollar ma’muriyati 40% daromad oladi. Qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash kabi korxonalar ham mavjud. Baliqchilik rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Kosta-Rika. Yirik porti - Jorjtaun. Ikkita xalqaro aeroport - Ouen-Roberte va Jerard-Smit mavjud.