Quvayt
Quvayt davlati
📍
Poytaxt
Al-Quvayt
👥
Aholi
4 881 254
🗺️
Maydoni
17 820 km²
💰
Valyuta
Quvayt dinori (KWD)
📖 Tarixi
VII asrdan Quvayt arab xalifaligi tarkibiga, XVI asrdan boshlab Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan. 1756-yilda avtonomiya maqomini olgan Quvayt amirligi 1899-yil Britaniya protektoratiga aylandi. 1961-yilda mustaqillikni qo‘lga kiritadi. 1990-yil mamlakat Iroq tomonidan bosib olinadi va Iroqning 19-provinsiyasi deb e’lon qilinadi. 1991-yil yanvarda BMT Xavfsizlik Kengashi qarori bilan ittifoqchilar qo‘shinlari Quvaytni ozod qilish harakatini boshlaydi va bu harakat fevralda muvaffaqiyatli yakunlanadi.
📈 Iqtisodiyoti
Iqtisodining asosini neft qazib olish va neftni qayta ishlash sanoati tashkil etadi. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, AQSh, Italiya, Yaponiya. Temiryo‘llari yo‘q. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 4270 km. Muhim portlari: Mina-Saud, Mina-Abdulloh, Mina-al-Ahmadi.