Janubiy Koreya

Koreya Respublikasi

Janubiy Koreya bayrog'i
📍
Poytaxt
Seul
👥
Aholi
51 159 889
🗺️
Maydoni
100 210 km²
💰
Valyuta
Janubiy Koreya voni (KRW)

📖 Tarixi

M. a. II-I asrlarda hozirgi Koreya hududi Xitoy mustamlakasi bo‘lgan. M. a. 37-yilda Koreya yarimorolining shimoliy qismida Kogur davlati vujudga keladi. Janubiy qismi esa Pekchi va Silla qirolliklariga bo‘linadi. X asrning oxirida koreys davlati Koryo sulolasi hokimiyati ostida birlashtiriladi. 1321-yilda Koreyani mo‘g‘ullar bosib olishadi. Li sulolasi hukmronligi davrida (1392-1910) mamlakatga yaponlar (XVI asr) va manchjurlar (XVIII asr) bostirib kirishadi, XIX asrda esa Koreya Xitoy, Yaponiya, Rossiya o‘rtasidagi mojaroli hududga aylanadi. 1910-yilda Yaponiya tomonidan bosib olingan Koreya, yaponlarga qarshi kurashni 1938-yilda boshlaydi va 1943-yilda mustaqillikka erishadi. Lekin 38-parallel bo‘ylab mamlakat ikki qismga - sovet va amerika qo‘shinlarining okkupatsion hududlariga aylanadi. 1948-yilda Koreya ikki davlatga - shimolda KXDR, janubda Koreya Respublikasiga bo‘linadi. 1950-1953-yillarda ikki koreys davlati o‘rtasida urush harakatlari sodir bo‘ladi. Janubiy Koreya 1965-1972-yillarda Vyetnam bilan bo‘lgan harbiy voqealarga aralashadi. 1980-yilda general Chon Du Xvan mamlakatda o‘z diktaturasini o‘rnatadi. 1988-yilda diktatura tugatilib, birinchi demokratik saylovlarda Ro De U prezidentlikka saylanadi. Prezidentlikdan ketgandan so‘ng Ro De U va uning maslakdoshlari korrupsiya va moliyaviy tovlamachilikda ayblanadilar. XXI asr boshlarida Koreya Respublikasida iqtisodiy inqiroz vujudga keldi.

📈 Iqtisodiyoti

Janubiy Koreyaning so‘nggi o‘n yillikdagi iqtisodiy o‘sishi jahondagi yuqori o‘rinlardan birini egallaydi. Sanoati elektrotexnika, to‘qimachilik, oziq-ovqat ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Asosiy qishloq xo‘jaligi (YIMning 11% ini) mahsulotlari - sholi, arpa, batat, soya. O‘rmon xo‘jaligi va baliqchilik ham rivojlangan. Asosiy savdo sheriklari: AQSh, Yaponiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 6763 km, avtomobil yo‘llari - 63200 km, ichki suv yo‘llari - 1609 km. Asosiy portlari: Pusan, Mokpxo.