Shimoliy Koreya

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Pxenyan

Aholi

25 155 000

Maydoni

120 540 km²

Valyuta

Shimoliy Koreya voni (KPW)

Tarixi

М. a. II-I asrlarda hozirgi Koreyaning hududi Xitoyning mustamlakasi edi. M. a. 37-yili Koreya yarimorolining shimolida Koreys davlati Kogure paydo boiadi, janubiy qismi esa ikkita qirollikka: Pekche va Sillaga bo‘lingandi. X asrning oxirlarida koreys davlatlari Koryo dinastiyasi hukmronligi ostida birlashtirildi. 1321-yili mo‘g‘ullar Koreyani bosib o‘lganlarida qirol saroyidagilar Chejudo oroliga bekindilar. Li dinastiyasi hukmronligi yillarida (1392-1910) mamlakatga yaponlar (XVI asr oxiri) va manchjurlar (XVIII asr) hujum qildilar, XIX asrda esa Xitoy, Yaponiya va Rossiya o‘rtasida talash bo‘ldi. 1910-yili Yaponiya tomonidan bosib olingan Koreya 1938-yili yapon bosqinchilariga qarshi kurash boshladi va 1943-yili mustaqillikka erishdi. Biroq sovet va Amerika qo‘shinlari bosib olgan ikki zona 38-parallel bo‘yicha ikki qismga bo‘lindi. 1948-yili mamlakatning shimoliy qismida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi e’lon qilindi. 1950-1953-yillarda Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasida urush davom etdi. Bu urush tugagandan keyin ham ikkala koreys davlatlari o‘rtasida chegara mojarolari bo‘lib turdi. Shimoldagi koreys davlatining dastalbki davridayoq undagi hokimiyat bir kishi - Kim Ir Senning qo‘lida bo‘ldi, u mamlakatda kommunistik diktatura o‘rnatdi. Kim Ir Senning o‘limidan so‘ng hokimiyatni uning o‘g‘li Kim Chen Ir egalladi, uncha ko‘p davom etmagan motam davridan so‘ng u KXDRning prezidenti deb rasman e’lon qilindi.

Iqtisodiyoti

Foydali qazilmalar va gidroenergetik resurslarning katta hajmi mamlakat sanoat taraqqiyotining asosini tashkil qiladi. Asosan qazib chiqarish sanoati (ko‘mir, temir, magnit rudalari, grafit, mis, rux, qo‘rg‘oshin) va og‘ir sanoat rivojlangan. Iqtisodiyot ustidan o‘matilgan davlat nazorati hatto kommunistik rejim uchun ham juda qattiq. Qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli yerlarning barchasi kollektivlashtirilgan. Qishloq xo‘jaligida (YIMning chorak qismiga yaqini) mehnatga layoqatli aholining 36% i band. Asosiy ekinlari - sholi, makkajo‘xori, soya, kartoshka, boshoqli ekinlar. Iqtisodiy rivojlanish va turmush darajasi bo‘yicha Shimoliy Koreya Janubiy Koreyadan ancha orqada. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Gonkong, Singapur. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi 4915 km, avtomobil yo‘llari uzunligi 30000 km ga yaqin. Mamlakat portlari: Vonsan, Nampxo, Chxonjin, Xinnam.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita