Tarixi
XI asrda arablar Komor orollarida o‘z saltanatiga asos soldilar. XVI asrda orollarda yevropaliklardan birinchi bo‘lib portugallar paydo bo‘ldilar. 1841-yildan Mayotta oroli, 1886-yildan esa qolgan orollar Fransiya qo‘l ostiga o‘tdi. Komor orollari 1961-yilda o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega bo‘ldi va 1974-yilda mustaqillikni qo‘lga kiritdi. 1978-yildan Komor Orollari Federal Islom Respublikasi.
Iqtisodiyoti
Iqtisodi sust rivojlangan. Qishloq xo‘jaligi iqtisodning yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. 2012-yil YIM miqdori 1.2 mlrd dollarni (aholi jon boshiga - 1700 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Fransiya. Temiryo‘llari yo‘q. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 750 km. Asosiy portlari: Dzaudzi, Moroni.