Tarixi
Hozirgi Kambodja hududida ilk davlatlar milodning I asrida paydo bo‘lgan. Ulardan eng kattasi Funan qirolligi bo‘lib, u VI asrda Tonlesap qirolligiga qaram bo‘lib qoldi. 802-yil Tonlesapning shimolida butun mamlakat va qo‘shni mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirgan Kobbujadesh qirolligi tashkil topdi. XV asr boshlarida mamlakat Siam va Vyetnam qo‘shinlarining bosqiniga duchor bo‘ldi. Fransiya kambodjaliklarning Siam va Vyetnamga qarshi kurashida yordam berdi va 1863-yil Kambodjani o‘z protektorati deb e’lon qildi. 1940-1945-yillarda yaponlar bosqini ostida boigan Kamboja 1949-yilda o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga, 1953-yilda esa to‘liq mustaqil davlatga aylandi. Mustaqillikdan keyin: 1953-1970-yillarda Kambodja Qirolligi; 1970-1975-yillarda Lon Nol rejimi o‘rnatilib Kxmer Respublikasi; 1975-1979-yillari Pol Pot boshchiligidagi qizil kxmerlar hokimiyat tepasi- ga kelib, mamlakat Kampuchiya Demokratik Respublikasi deb ataldi. Pol Pot rejimi davrida o‘z xalqiga nisbatan o‘tkazilgan genotsid siyosati natijasida 2 milliondan ortiq kambodjalik o‘ldirildi. 1979-1989-yillarda mamlakat Kampuchiya Xalq Respublikasi deb atalib, Vyetnamga ittifoqdosh rejim o‘rnatildi. 1989-1993-yillarda BMT nazorati ostidagi Kambodja Davlati, 1993-yildan esa Kambodja Qirolligi deb atalib, shahzoda Norodom Sianuk hokimiyatga keldi. 2004-yil oktabrda Norodom Sianuk taxtdan voz kechib o‘miga yangi qirol - Norodom Siamoni keldi. Biroq amalda hokimiyat premyer-ministr Xun Sen qo‘lida bo‘lib, mamlakatning g‘arbiy viloyatlari Pol Potning sobiq safdoshi Yyeng Sari nazorati ostida qolmoqda.
Iqtisodiyoti
Mamlakatda ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar, harbiy va siyosiy to‘ntarishlar natijasida deyarli izdan chiqqan iqtisodiyot sekin-asta tiklanib bormoqda. Mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmog‘i - qishloq xo‘jaligi. Ishlab chiqarish qishloq xo‘jalik mahsulotlarini hamda baliq va yog‘ochni qayta ishlash bilan cheklangan. Asosan kauchuk, sholi, yog‘och eksport qilinadi. Asosiy savdo hamkorlari: Vyetnam, MDH mamlakatlari, Sharqiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Hindiston. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 655 km, avtomobil yo‘llari - 34100 km. Dengiz portlari: Kampot, Pnompen.