Tarixi
VI asrdan XII asrgacha hozirgi Qirg‘iziston hududlari Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. XIII asrda mo‘g‘ullar tomonidan bosib olingan Qirg‘iziston XVII asrda Oyrat xonligi, XIX asr boshlarida Qo‘qon xonligi tarkibiga kiritildi. 1870-yil Rossiya imperiyasining Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. 1918-yilda Turkiston Respublikasining bir qismi, 1924- yildan Qora-Qirg‘iz Avtonom viloyati, 1924-yildan Qirg‘iziston avtonom viloyati (oblasti), 1936-yilda Ittifoq Respublikasi maqomini oldi. Sovet Ittifoqi parchalanib ketgandan keyin Qirg‘iziston mustaqilligi 1991-yil 31-avgustda e’lon qilindi. 2005-yilda «Lolalar inqilobi» natijasida Asqar Akayev o‘rniga prezident etib Kurmanbek Bakiyev saylandi.
Iqtisodiyoti
Mamlakat bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida turibdi. Birmuncha rivojlangan sanoat tarmoqlari rangli metallurgiya, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmoqlari, chorvachilik, paxtachilik va boshqalar. Asosiy savdo hamkorlari - Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa MDH mamlakatlari. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 370 km. Avtomobil yo‘llari uzunligi - 30300 km.