Iordaniya

Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi

Bayroq
Poytaxt

Amman

Aholi

6 691 730

Maydoni

89 342 km²

Valyuta

Iordaniya dinori (JOD)

Tarixi

Hozirgi Iordaniya hududida dastlab kananeylarning somiy qabilalari yashagan. M.a. bir ming yillikda bu hududning bir qismi Isroil va Yahudiya podsholiklari tarkibida bo‘lgan. М. a. I ming yillik oxirida qadimgi arab davlati - Nabateya podsholigi vujudga keldi. Iordaniya milodiy II asrning 30-yillaridan Rim, IV asrdan Vizantiya imperiyasi, VII asrdan Arab xalifaligi qo‘l ostida bo‘ldi. XI-XV asrlarda salibchilar, saljuqiylar, Misr mamluklari bostirib kirdi. X asrning boshidan 1918-yilgacha Usmonli turk imperiyasi tarkibida bo‘ldi. Mamlakat birinchi jahon urushi davrida arab qo‘zg‘olonchi va vatanparvarlari tomonidan ozod qilindi. So‘ng Suriya hududi bilan birga amir Faysal qo‘l ostiga o‘tdi. 1920-yilda Britaniya mandatidagi Falastinga qo‘shildi. 1921-yilda Iordan daryosining sharqiy qismida hoshimiylar sulolasidan bo‘lgan amir Abdulloh rahbarligida Transiordaniya amirligi tashkil topdi. Amirlik ustidan Angliya nazorati o‘rnatildi. 1946-yil 25-mayda Transiordaniya Iordaniya nomi bilan mustaqil davlat, amir Abdulloh (2004-yil vafot etgan) esa uning podshohi deb e’lon qilindi.

Iqtisodiyoti

Iordaniya iqtisodiyotida xizmat ko‘rsatish, sanoat, qishloq xo‘jaligi va sayyohlik sohalari rivojlanmoqda. Iordaniya fosfat va ishqor (potash), mis va marganes zaxiralariga va unchalik yirik bo‘lmagan neft konlariga ega. Konchilik, energetika, to‘qimachilik sanoatlari rivojlangan. Iqtisodiyotida konchilik sanoati muhim ahamiyatga ega. Fosforit eksporti bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Mamlakat mineral tuzlarga ham boy. Shuningdek, brom, magniy oksidi ham qazib olinadi. Mis rudasi, marganes, uran, temir rudasi ham bor. Bulardan tashqari, Iordaniya yerlari kaolin, gips, ohaktosh, kvarsli qumlar, dolomit, bentonit, dala shpati konlariga ham boydir. Iordaniyada sovutgich, gaz plitalar, akkumulyatorlar ishlab chiqaradigan zavodlar, qurilish mollari, mebel korxonalari bor. Dori-darmon, sigareta, kulolchilik buyumlari, poyabzal, to‘qimachilik mollari ham ishlab chiqariladi. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotda yuqori mavqega ega emas. Mamlakat hududining atigi 5-6% i haydaladigan yerlardir. Chorvachilik oqsoq tarmoq hisoblanadi. Asosan qoramol, qo‘y va echki boqiladi. Yem-xashak yetishmaydi, yaylovlar kam. Iordaniya chetga asosan fosfat, fosfatli va kaliyli o‘g‘itlar, ishqor, sement, marmar, akkumulyatorlar, to‘qimachilik buyumlari, parafin, lok bo‘yoqlar, tozalash moddalari, qandolatchilik mahsulotlari, kimyoviy mollar chiqaradi. Chetdan mashina, asbob-uskuna, neft va neft mahsulotlari, go‘sht, sut mahsulotlari olinadi. Asosiy savdo hamkorlari - arab davlatlari, AQSh, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 619 km. Avtomobil yo‘llarining uzunligi - 7500 km. Asosiy porti - Akaba.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita