Yamayka

Yamayka

Yamayka bayrog'i
📍
Poytaxt
Kingston
👥
Aholi
2 825 544
🗺️
Maydoni
10 957 km²
💰
Valyuta
Yamayka dollari (JMD)

📖 Tarixi

1494-yilda Kolumb tomonidan kashf etilgan orol, hindularning katta qismini qirib tashlagan ispanlarning mustamlakasiga aylanadi. XVI asr boshlarida orolga Afrikadan qullar keltirila boshlanadi. 1655-yildan Britaniya mustamlakasi bo‘lgan. Yamayka 1958-yildan o‘zini o‘zi boshqarish huquqiga ega bo‘ldi. 1962-yildan Britaniya hamdo‘stligi tarkibidagi mustaqil davlat.

📈 Iqtisodiyoti

Sanoatning asosiy tarmoqlari - boksitlar qazib olishi va aluminiy ishlab chiqarish. Chet el valutasining asosiy manbayi turizm hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi (YIM ning 10% ini) umumiy eksport hakamining 17% ini ta’minlaydi. Eksport qilinadigan asosiy ekinlar - shakarqamish, banan. Asosiy savdo sheriklari: AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Trinidad va Tobago. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 294 km, avtomobil yo‘llari - 18200 km. Asosiy port - Kingston.