Islandiya

Islandiya Respublikasi

Islandiya bayrog'i
📍
Poytaxt
Peykyavik
👥
Aholi
391 810
🗺️
Maydoni
103 001 km²
💰
Valyuta
Island kronasi (ISK)

📖 Tarixi

Islandiya yerlari VIII asrda irland monaxlari tomonidan ochilgan, 865-yilda esa bu hududlarga norveglar ko‘chib kelgan. 930-yilda mustamlakachilar orolda respublika barpo etdilar. Taxminan 1000-yilda mamlakatda dastlabki xristian missionerlari paydo bo‘ldi. 1262-yilda Islandiyada Norvegiya qirolligi hukmronligi o‘rnatildi. 1397-yili Daniya hukmronligi ostiga o‘tdi. 1944-yili Daniya-Islandiya uniyasi bekor qilindi va Islandiya mustaqil davlat deb e’lon qilindi.

📈 Iqtisodiyoti

Mamlakat iqtisodi amaliy jihatdan baliqchilik va baliqni qayta ishlash bilan cheklangan. Asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlari kartoshka va sholg‘om. Qo‘ychilik va sut yetishtiradigan chorvachilik ham rivojlangan. 2012-yil YIM miqdori 10,6 mlrd AQSh dollarni (aholi jon boshiga – 35,7 ming AQSh doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, Norvegiya, AQSh, Yaponiya. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 12343 km. Dengiz portlari: Keblavik, Reykyavik, Seydisfordyur.