Gaiti

Gaiti Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Port-o-Prens

Aholi

10 911 819

Maydoni

27 250 km²

Valyuta

Gurd (HTG)

Tarixi

Gaiti 1492-yilda Xristofor Kolumb tomonidan kashf qilingan va Espanola nomi bilan Ispaniyaning birinchi mustamlakasi hamda Lotin Amerikasidagi ispan ekspansiyasining asosiy markaziga aylangan. Mahalliy hindular butunlay qirib tashlangan va oroldagi plantatsiyalarda ishlatish uchun Afrikadan qullar olib kelingan. XVII asr o‘rtalarida orol ikkiga bo‘lindi va sharqiy qismi (hozirgi Dominikan respublikasi) Ispaniya mustamlakasi, g‘arbiy qismi esa (hozirgi Gaiti) Fransiya mustamlakasiga aylandi. 1791-yilda Tussen Luvertyur boshchiligidagi qullar qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. Tussen Luvertyur 1802-yilda o‘zining asir qilinishigacha butun Gaitini boshqardi. 1804-yili Gaiti Yevropa davlatlari mustamlakalari ichida o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan birinchi davlat bo‘ldi. 1811-yil mamlakatda monarxiya o‘rnatildi. 1820-yil Respublika, 1849-yili Imperiya deb e’lon qilindi. 1859-yilda Gaitida yana Respublika boshqaruvi o‘matildi. 1915-yil mamlakatga AQSh qo‘shinlari bostirib kirdi va 1934-yilgacha boshqaruvni o‘z qo‘llariga olishdi. Shundan so‘ng 1986-yilgacha Gaitida boshqaruv diktatorlik yo‘li bilan amalga oshirildi. 1986-yili harbiylar hokimiyatni o‘z qoilariga olishdi. 1994-yildan hokimiyat fuqarolik hukumati qo‘liga o‘tdi.

Iqtisodiyoti

Gaiti g‘arbiy yarim shaming eng qoloq va qashshoq agrar davlatlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat tabiiy boylik- larning yirik zaxirasiga ega bo‘lishiga qaramay sanoat o‘ta sust rivojlangan. Sanoat butunlay xorijiy sarmoya nazoratida. Qishloq xo‘jaligi umumiy milliy mahsulotning 40% ini yetkazib beradi. Uning asosini qahva, paxta, shakarqamish, kakao, tamaki yetishtirish tashkil etadi. Qishloq aholisining deyarli yarmini yersiz dehqonlar tashkil etadi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh va Fransiya.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita