Gonduras

Gonduras Respublikasi

Gonduras bayrog'i
📍
Poytaxt
Tegusigalpa
👥
Aholi
9 892 632
🗺️
Maydoni
112 090 km²
💰
Valyuta
Lempira (HNL)

📖 Tarixi

Gondurasning janubiy sohillari 1502-yilda Xristofor Kolumb tomonidan kashf qilingan. 1523-yilda Alvarado boshchiligidagi ispan konkistadorlari tomonidan istilo qilingan. 1790-yilda Gonduras Gvatemala bilan birlashtirilgan. 1821-yil mustaqillikka erishgach, Markaziy Amerika birlashgan provinsiyalari tarkibiga kirgan. Faqatgina 1839-yil mustaqil davlat shakllantirildi. XX asrda Gonduras bir nechta harbiy diktatura va qonli urushlarni boshidan kechirdi. 1969-yilda Salvadorga qarshi urush harakatlari olib bordi. 1981-yildan fuqaro hukumati hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi.

📈 Iqtisodiyoti

Gonduras g‘arbiy yarim sharning qashshoq davlatlaridan biridir. Eksportga chiqaradigan mahsulotlari asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hisoblanadi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari: banan, qahva, shakarqamish, tamaki, sholi. Dehqonchilik qilinadigan yerlarning asosiy qismi yirik yer egalari - latifundistlarga tegishli. Aholining 9% i tog‘-kon ishlarida mehnat qiladi. 2012-yil Y1M miqdori 22,7 mlrd dollarni (aholi jon boshiga - 3200 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Germaniya, Yaponiya. Yirik portlari: Puerto- Kortes, Tela, Truxilo, La-Seyba.