Gvineya-Bisau

Gvineya-Bisau Respublikasi

Gvineya-Bisau bayrog'i
📍
Poytaxt
Bisau
👥
Aholi
1 781 308
🗺️
Maydoni
36 120 km²
💰
Valyuta
KFA franki (BCEAO) (XOF)

📖 Tarixi

IX-XIII asrlarda bugungi Gvineya-Bisau hududlari Gana qirolligi tarkibiga kirgan. XIII-XV asrlarda Mali qirolligi uni o‘z tarkibiga kiritgan. XV asrga kelib bu yerlar Songay qirolligiga qaragan. Gvineya-Bisau 1146-yilda portugallar tomonidan kashf qilingan. XVIII asrga kelib Yevropa davlatlari bu hududlarni mustamlaka qilish uchun kurashib kelishdi. 1879-yilda mamlakat Portugaliya mustamlakasi deb e’lon qilindi. 1966-yilda boshlanib ketgan ozodlik kurashi 1974-yil Gvineya-Bisau respublikasining tashkil topishi bilan yakunlandi.

📈 Iqtisodiyoti

Gvineya-Bisau dunyoning qashshoq davlatlaridan biridir. Xalq xo‘jaligining asosiy sohasi qishloq xo‘jaligi hisoblanadi. Umumiy milliy mahsulotning 50% ini qishloq xo‘jaligi yetishtirib beradi. Asosiy ekinlari: sholi, yong‘oq, makkajo‘xori va paxta. Mamlakat o‘z-o‘zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘la ta’minlay olmaydi. Sanoati esa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan chegaralangan. Asosiy savdo hamkorlari: Portugaliya, Ispaniya, Senegal.