Tarixi
Bugungi Gvatemala hududida eramizning II asrida mayyalar imperiyasi tashkil topgan. Imperiyaning gullab-yashnash davri VII-IX asrlarga to‘g‘ri keladi. 1513-yil ispanlar Gvatemala hududlarini kashf qilishdi va bu yerlarda o‘zlarining talonchilik urushlarini olib borishdi. 1821-yil Gvatemala o‘z mustaqilligini e’lon qilgan bo‘lsada, 1847-yilgacha Meksika homiyligi ostida bo‘ldi. 1985-yilda birinchi marta erkin demokratik saylovlar o‘tkazildi va hokimiyat fuqaro hukumati qo‘liga o‘tdi.
Iqtisodiyoti
Gvatemala qoloq agrar mamlakat hisoblanadi. Umumiy milliy mahsulotning 30% ini qishloq xo‘jaligi yetishtirib beradi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari: qahva, paxta, shakarqamish va banan. Importga asosan shakar chiqaradi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Meksika, Yaponiya.