Ekvatorial Gvineya

Ekvatorial Gvineya Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Malabo

Aholi

1 430 000

Maydoni

28 050 km²

Valyuta

KFA franki (BEAC) (XAF)

Tarixi

Hozirgi Ekvatorial Gvineya hududi XV asrning oxirlarida portugallar tomonidan kashf etilgan. 1778-yili Portugaliya o‘z mustamlakasini Ispaniya tasar rufiga o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Mamlakat mustaqillikka erishguncha (1968) Ispan Gvineyasi deb atalgan. Prezident Nguema tomonidan o‘rnatilagn avtoritar tuzum 1979-yilda polkovnik Mbasogo boshchiligidagi harbiy to‘ntarishda ag‘dariladi. Tez orada Ispaniya va AQSh bilan aloqalar tiklanib, neft qazib olish yo‘lga qo‘yildi. 1990-yillarda muxolifatchilarni ommaviy hibsga olish boshlandi.

Iqtisodiyoti

Mamlakat iqtisodi qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik, baliqchilikka asoslangan (YIMning yarmi, eksport hajmining deyarli hammasi). Asosiy eksport mahsulotlari - qahva, yog‘och, kakao donlari. Ishlab chiqarish yog‘ochga ishlov berish va baliqni qayta ishlash bilan chegaralangan. Neft konlari o‘rganilmoqda. Titan, temir, uran, oltin, marganes konlari ochilmagan. 2012-yil YIM miqdori 1,44 mlrd dollarni (aholi jon boshiga - 2400 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo sheriklari: Ispaniya, Nigeriya, Fransiya, Kamerun. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 2760 km. Portlari: Bata, Malabo.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita