Gvadelupa

Gvadelupa

Gvadelupa bayrog'i
📍
Poytaxt
Bas-Ter
👥
Aholi
378 561
🗺️
Maydoni
1 780 km²
💰
Valyuta
Yevro (EUR)

📖 Tarixi

Gvadelupa 1493-yilda X. Kolumb tomonidan kashf qilingan. 1635-yilda orol Fransiya mustamlakasiga aylandi. XVII-XVIII asrlar davomida Afrikadan banan va shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun olib kelingan, qullar bu yerga istiqomat uchun joylashtirilgan. 1816-yilgacha Fransiya Angliyaga qarshi bu hudud egaligi uchun kurash olib bordi. 1848-yilda qullik bekor qilindi 1946-yilda orollar hududi «dengizorti departamenti» statusini oldi. 1973-yilda esa Fransiya regioni deb e’lon qilindi.

📈 Iqtisodiyoti

Hudud iqtisodiyotining asosini yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va turistlarga xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Rom, alkagolsiz ichimliklar, qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Kokos yong‘oqlari, shakarqamish, banan, ananas, baqlajon yetishtiriladi. Dengiz baliqlari va hayvonlari ovlanadi. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Germaniya, Yaponiya, AQSh, Italiya, Martinika.