Gvineya

Gvineya Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Konakri

Aholi

10 628 972

Maydoni

245 857 km²

Valyuta

Gvineya franki (GNF)

Tarixi

Gvineya hududining bir qismi XV asrgacha Gana va Mali davlat birlashmalarining tarkibiga kirgan. XVII asr oxirlarida ko‘chmanchi fulbelaming harbiy davlati tashkil topdi. 1893-yildan Gvineya Fransiyaning mustamlakasiga aylandi. 1958-yil Gvineya o‘z mustaqilligini e’lon qildi. 1966-yilda Fransiya uning mustaqilligini tan oldi.

Iqtisodiyoti

Yirik miqdordagi qazilma boyliklar zaxirasiga ega bo‘lishiga qaramasdan Gvineya dunyodagi qashshoq davlatlardan biri bo‘lib kelmoqda. Jahon boksit zaxiralarining 27% i Gvineya hududida joylashgan bo‘lib, uni ishlab chiqarish bo‘yicha Gvineya jahonda 2-o‘rinda turadi. Qishloq xo‘jaligi baliqchilik va o‘rmonchilikni ham qo‘shib hisoblaganda umumiy milliy mahsulotning 40% ini yetkazib beradi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari: sholi, qahva va sitrus mevalar. Sanoat umumiy milliy mahsulotning 27% ini yetkazib beradi. Gvineyada tog‘-kon ishlari yaxshi rivojlangan. Umumiy eksport mahsulotlarining yarmidan ko‘pini boksit va aluminiy eksporti tashkil etadi.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita