Gibraltar
Gibraltar
📍
Poytaxt
Gibraltar
👥
Aholi
38 000
🗺️
Maydoni
6 km²
💰
Valyuta
Gibraltar funti (GIP)
📖 Tarixi
Bugungi Gibraltar hududlari 711-yilda arablar tomonidan bosib olingan. 1462-yilda Gibraltarni ulardan ispanlar tortib olishadi. 1704-yilda Gibraltar Buyuk Britaniya tomonidan istilo qilinadi. 1713-yil Utrext shartnomasiga ko‘ra Gibraltar Buyuk Britaniya nazoratidagi yerlar deb e’lon qilinadi. I va II jahon urushi yillarida bu hududlar Britaniyaning harbiy dengiz bazasi sifatida xizmat qildi. 1967-yil BMTning talabi bilan o‘tkazilgan referendumlarda Gibraltar xalqi Ispaniya bilan qo‘shilishdan bosh tortdi.
📈 Iqtisodiyoti
Gibraltar asosan dengiz portlaridan iborat bo‘lib, uning iqtisodi Britaniya tomonidan beriladigan harbiy-iqtisodiy yordami bilan belgilanadi. 2006-yil YIM miqdori 825 mln dollarni (aholi jon boshiga - 29600 doll.) tashkil etgan.