Fransiya Gvianasi

Fransiya Gvianasi

Bayroq
Poytaxt

Kayenna

Aholi

250 100

Maydoni

83 534 km²

Valyuta

Yevro (EUR)

Tarixi

1499-yil ispanlar tomonidan kashf qilingan. 1604-yildan Fransiya mustamlakachiligiga asos solindi. Bu hududlar uchun Ispaniya bilan Niderlan­diya, Birlashgan Britaniya, Portugaliya urushlar olib borgan. 1817-yildan Fransiya mulkiga aylandi. XVIII asr oxiri - XX asr o‘rtalarigacha Gvianaga fransuz siyosiy mahbuslari qatag‘on qilinganlar. Gvianaga 1946-yil Fransiyaning dengizorti departamenti, 1975-yil - region maqomi berildi. Gvianada hanuzgacha mustaqillik uchun kurash davom etmoqda.

Iqtisodiyoti

Gviana - iqtisodiy qoloq mamlakat. Oltin qazish, elektr quwati ishlab chiqish, yog‘ochni qayta ishlash sanoat korxonalari mavjud. Baliq ovlash - iqtisodning ilg‘or tarmog‘idir. Chorvachilik, boshoqli o‘simliklar, sabzavot, sholi, maniok, banan, ananas, shakarqamish yetishtiriladi. Gviana o‘zining Kuru (Kourou) kosmodromidan Ariane raketalarini Yevropa Kosmik Agentligi dasturlari asosida uchiradi. Yirik shaharlari: Kuru, Sen-Loran-dyu-Maroni. Portlari: Kayenna, Degra-de-Kann. Romambo xalqaro aeroporti mavjud. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Trinidad va Tobago, AQSh, Yaponiya.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita