Tarixi
XVII asrda ispanlar tomonidan ochilgan Karolin orollari 1899-yili Germaniyaga sotilgan edi. 1919-yildan 1945-yilga qadar orollar mandat asosida Yaponiya tomonidan idora qilindi. 1947-yildan hozirgi Mikroneziya BMT tasarrufida bo‘lgan AQSh boshqaruvidagi Tinch okean orollari tarkibiga kirdi. 1986-yili AQShdan ozod assotsiatsiya maqomini olgan Mikroneziya 1991-yili o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
Iqtisodiyoti
Iqtisodiyotining asosiy sektorlaridan biri - baliqchilik. Bundan tashqari, Mikroneziya qirg‘oqbo‘yi ekvatoriyasida baliq ovlash huquqini beruvchi litsenziyalar sotishdan sezilarli daromad oladi. Turizmning rivojlanishi orollarning bir-biridan uzoqda joylashganligi va zaruriy infrastrukturaning yo‘qligidan orqada qolmoqda. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya. Temir yo‘llari yo‘q, asosiy orollarda 39 km asfaltlangan yo‘llar bor. Mamlakat portlari: Kolonia, Okak, Truk, Teketik.