Ispaniya

Ispaniya Qirolligi

Bayroq
Poytaxt

Madrid

Aholi

46 507 760

Maydoni

504 645 km²

Valyuta

Yevro (EUR)

Tarixi

М.a.VII asrdan Ispaniyaning janubiy va sharqiy sohilbo‘ylari flnikiyaliklar va yunonlar tomonidan o‘zlashtirila boshlangan. M.a. 7000-5000-yillarda o‘rtayer dengizi sohilida iberlar madaniyati paydo bo‘ldi. М. a. Ill asr oxirlarida Ispaniya hududining ko‘p qismi Karfagen qo‘l ostiga o‘tdi. М. a. II asr boshlariga kelib rimliklar karfagenliklarni siqib chiqardilar. Mavrlar 711-718-yillarda Pireney yarimorollarining ko‘p qismini bosib oldilar va bu qismlar Damashq xalifaligi qo‘l ostiga o‘tdi. 756-yil mustaqil davlat - Qurdoba amirligi, 929-yilda esa Qurdoba xalifaligi tuzildi. X-XI asrlarda musulmonlar Ispaniyasi bir necha mustaqil davlatlarga bo‘linib ketdi. 1212-yilda mavrlarga qarshi hujum (Rekonkista) natijasida Aragoniya, Kastilya va boshqa ispan qirolliklari vujudga keldi. Kastilya va Aragoniya bitta qirollikka birlashib (1469-yil), mamlakatni 1492-yilda mavrlardan ozod qildi. Ispaniya qirolligi XVI asrda gullab-yashnadi, Janubiy va Markaziy Amerikada mustamlakalarini kengaytirdi, 1580-yilda Portugaliyani zabt etdi, lekin XVII asrda ko‘p hududlaridan ajraldi. 1640-yil Portugaliya, 1648-yil Niderlandiya, 1649-yilda esa Artua va Rusilon provinsiyalarini Fransiyaga boy berdi. XIX asr boshlarida mamlakat Napoleon qo‘shinlaridan ozod qilindi. O‘sha paytda ispanlar Janubiy va Markaziy Amerikadagi deyarli barcha mustamlakalaridan ajraldi. XIX asrda Ispaniyada absolyut hokimiyat tarafdorlari va liberallar o‘rtasida kurash bo‘lib o‘tdi. 1923-yilda davlat to‘ntarishi natijasida mamlakatda diktatura o‘rnatildi. 1931-yilda Ispaniya Respublika deb e’lon qilindi. Qirol Alfons XIII taxtdan voz kechmay mamlakatni tark etdi. 1936-yilda Xalq fronti hokimiyat tepasiga kelgach, fuqarolar urushi avj oldi va 1939-yil mamlakatda Franko fashistik rejimining o‘matilishi bilan tugallandi. 1975-yilda Franko vafotidan keyin Ispaniyada Konstitutsion monarxiya o‘matildi. 1976-yilda mamlakatda parlament tizimi joriy etildi,1978-yilda yangi Konstitutsiya qabul qilindi. 1986-yildan Ispaniya YI a’zosi. 2004-yil mart oyida hokimiyat Sotsialistik partiya qo‘liga o‘tganidan so‘ng ispan qo‘shinlari Iroqdan olib chiqildi.

Iqtisodiyoti

Ispaniya industrial-agrar mamlakat. YMMda sanoatning ulushi 23%, qishloq xo‘jaligining ulushi 35%, xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 60% dan ortadi. 2012-yil YIM miqdori 1351,1 mlrd AQSh dollarni (aholi jon boshiga – 30,1 AQSh doll.) tashkil etgan. Sanoatida og‘ir sanoat yetakchi o‘rinda turadi. Mashinasozlik, avtomobilsozlik, kemasozlik, elektrotexnika, dastgohsozlik, kimyo sanoati rivojlangan. Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i dehqonchilik. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 14378 km. Avtomobil yo‘llari uzunligi - 324 ming km. Portlari: Kartaxena, Alxesiras, Barselona, Bilbao, Santa-Krus-de- Tenerife, Vigo, Kadis, La-Коrunya, Malaga, Santaner, Tarragona, Valensiya, Xixon, Alekante, Almeriya. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, AQSh.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita