Tarixi
Misr insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimgi o‘choqlaridan biridir. Misr 6000 yillik tarixga ega. M. a. IV ming yilhk oxirlarida bugungi Misr hududlarida 2 ta davlat - janubda Nekxan va shimolda Buto davlatlari mavjud bo‘lgan. М. a. IV asming 2-yarmida, ya’ni m. a. 341-yili Misr forslar tomonidan istilo qilingan. M.a.332-yilda Aleksandr Makedonskiy forslarni bu yerlardan quvib chiqarib, o‘z hukmronligini o‘matdi va m.a. 331-yilda Aleksandriya shahriga asos soldi. Ellin davri Misr tarixida Ptolemey va uning avlodlari hukmronligi yillarida m.a. 31-yilgacha davom etdi. Shundan so‘ng Misr qadimgi Rim imperiyasining istibdodiga tushib qoldi. 395-639-yillarda Misr Vizantiya imperiyasi tarkibida bo‘ldi. VII- VIII asrlarda mamlakatni musulmon arablar bosib oldi. Fotimiylar sulolasi hukmronligi yillarida (969-1171) Misrning siyosiy-iqtisodiy mavqeyi oshdi. Shu davrda Qohira shahri mamlakat poytaxtiga aylandi. Ayubiylar (1171-1250) sulolasidan so‘ng Mamluk sultonlari davrida Misr qudratli davlatga aylandi. 1517-yildan Usmonli Turklar imperiyasi tarkibiga kirdi. 1798-1801-yillarda Napoleon Bonapart bu yerda harbiy harakatlarni amalga oshirdi. Misr 1914-yilgacha Usmonlilar imperiyasining tarkibiy qismi bo‘lib qolgan bo‘lsa-da, amalda 1805-yildan mustaqil edi. 1882-yilda inglizlar Mismi bosib olishdi. Shu davrdan boshlab mamlakatni ingliz konsuli boshqaradi. 1914-yili I jahon urushining boshlanishidan foydalangan Angliya Misrda o‘z hukmronhgini o‘rnatdi. 1922-yil Misr o‘zini mustaqil davlat deb e’lon qilgan bo‘lsa-da, harbiy va siyosiy sohalarda ingliz nazorati saqlanib qoldi. Jamol Abdul Nosir boshchiligidagi «Ozod ofitserlar» maxfiy tashkiloti 1952-yil 22-24-iyul kunlari davlat to‘ntarishini amalga oshirdi. Natijada qirol Farrux ag‘darildi. 1953-yil Misr respublika deb e’lon qilindi. Shu yili ingliz qo‘shinlari Misrdan chiqib ketdi. 1956-yil Suvaysh kanali davlat tasarruflga o‘tkazildi. 1967-yil Misr va Isroil o‘rtasidagi urush harakatlari Misrning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Ikki davlat o‘rtasidagi nizoga barham berish maqsadida 1979-yil AQShning Kemp-Devid shaharchasida Misr prezidenti Anvar Sadat AQSh va Isroil bilan Kemp-Devid shartnomasini imzoladi. Bu shartnoma arab davlatlarida norozilik harakatlariga sabab bo‘ldi. 1981-yil Anvar Sadat suiqasd natijasida otib o‘ldirildi. Uning o‘miga prezidentlik lavozimini Husni Muborak egalladi.
Iqtisodiyoti
Misr xalq xo‘jaligining asosiy sohalarining barchasi davlat tasarrufida. Sanoatning oziq-ovqat, kimyo, to‘qimachilik, neftni qayta ishlash, metallurgiya kabi sohalari yaxshi rivojlangan. Misr jahon turizmi markazlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat byudjetiga tushadigan xorijiy valyutaning asosiy qismi turizm orqali keladi. Qishloq xo‘jaligida sholi, arpa, turli mevalar va sabzavotlar yetishtiriladi. Baliqchilik yaxshi rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Yaponiya va Sharqiy Yevropa davlatlari.