Dominikan Respublikasi

Dominikan Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Santo-Domingo

Aholi

10 378 267

Maydoni

48 442 km²

Valyuta

Dominikan peso (DOP)

Tarixi

Gaiti oroli 1492-yilda Xristofor Kolumb tomonidan kashf qilingach, Kolumb bu yerlarni Espanola deb atadi. Lotin Amerikasining ispanlar tomonidan bosib olinishi aynan Dominikan Respublikasi hududlarida boshlanadi. 1697-yil Gaiti oroli Fransiya va Ispaniya o‘rtasida taqsimlandi. Orolning sharqiy qismi Ispaniya qiroli hokimiyati ostida qoldi. Mamiakat 1822-yil o‘z mustaqilligini e’lon qilgan bo‘lsada, faqatgina 1844-yilga kelib haqiqiy mustaqillikka erishdi. 1978-yil saylovlari natijasida demokratik fuqaro hukumati shakllantirildi.

Iqtisodiyoti

Qishloq xo‘jaligi mamiakat iqtisodining asosini tashkil etadi. Eksportga chiqaradigan asosiy mahsulotlari: tamaki, qahva, kakao va shakarqamish. Sanoat faqatgina qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalardan iborat. Oxirgi yillarda turizm o‘ta yaxshi rivojlanmoqda. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Puerto-Riko.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita