Dominika

Dominika Hamdo‘stligi

Dominika bayrog'i
📍
Poytaxt
Rozo
👥
Aholi
67 408
🗺️
Maydoni
750 km²
💰
Valyuta
Sharqiy Karib dollari (XCD)

📖 Tarixi

Dominika 1493-yil Xristofor Kolumb tomonidan kashf qilingan. Shu vaqtdan u Ispaniya mulkiga aylandi, so‘ngra Fransiya mustamlakasi bo‘ldi. 1763-yili Buyuk Britaniya nazoratiga o‘tdi. 1967-yilda Britaniya Hamdo‘stligi a’zosi bo‘ldi. 1978-yili Dominika o‘z mustaqilligini e’lon qildi.

📈 Iqtisodiyoti

Mamlakat xalq xo‘jaligining asosini qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Sanoat asosan mayda korxonalardan iborat. Qishloq xo‘jaligi banan, mango, kokos yong‘og‘i va sitrus mevalarni yetishtirib beradi. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, AQSh va Karib havzasi davlatlari.