Jibuti
Jibuti Respublikasi
📍
Poytaxt
Jibuti
👥
Aholi
1 066 809
🗺️
Maydoni
23 200 km²
💰
Valyuta
Jibuti franki (DJF)
📖 Tarixi
XIX asming 2-yarmidan Obok portini egallagan fransuzlar Jibutini o‘z mustamlakalariga aylantirish harakatini boshlab yubordilar. 1886-yil mamiakat Somalining Fransuz qirg‘og‘i nomi bilan Fransiya mustamlakasiga aylantirildi. 1946-yildan Fransiyaning «dengiz ortidagi yerlari» nomini oldi. 1958-yil o‘tkazilgan referendumda Jibuti xalqi mustaqillik uchun ovoz berdi. 1967-yil Fransiya bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalami mustahkamlash maqsadida o‘zini «Afar va Issalar fransuz hududi» deb e’lon qildi. 1977-yil Jibuti o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Shu yili Arab davlatlari ligasiga a’zo bo‘lib kirdi.
📈 Iqtisodiyoti
Mamlakat xo‘jaligining asosiy tayanchi uning strategik joylashuv o‘midir. Jibuti Afrikaning erkin savdo hududi deb e’lon qilinganligi uning portlari orqali xalqaro savdoning rivojlanishiga qulay sharoit yaratib bermoqda.