Kuba

Kuba

Kuba bayrog'i
📍
Poytaxt
Gavana
👥
Aholi
9 748 007
🗺️
Maydoni
109 884 km²
💰
Valyuta
Kuba pesosi (CUP)

📖 Tarixi

Kuba 1492-yil Kolumb tomonidan kashf etilgan. Ispan mustamlakachilari oroldagi mahalliy aholini deyarli yo‘qotib, Kubaga plantatsiyalarda ishlatish uchun Afrikadan qullarni olib keldilar. AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mustaqillik uchun urush 1868-yilda boshlanib, muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. 1898-yil AQSh Ispaniyaga urush e’lon qilib, o‘z qo‘shinlarini Kubaga yubordi va Kuba 1902-yilda mustaqil Respublika deb e’lon qilindi. Kuba AQShga iqtisodiy qaram bo‘lgan holda, bir nechta diktatorlik rejimlami boshidan o‘tkazdi. 1959-yilda Fidel Kastro boshchiligidagi kubaliklar Batista diktaturasini ag‘darib tashlab, mamlakatni sotsialistik yo‘ldan rivojlanuvchi davlat deb e’lon qildi. 2007-yilning dekabrida F.Kastro kasalligi tufayli hukumatni boshqarishni ukasi R.Kastroga topshirdi.

📈 Iqtisodiyoti

Mamlakat iqtisodi inqirozni boshdan kechirmoqda. Keyingi yillarda hukumat tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirishga, turizm va sanoat korxonalari uchun chet el investitsiyalarini jalb etishga faol harakat qilmoqda. Asosiy savdo hamkorlari: MDH mamlakatlari, Ispaniya, Xitoy, Argentina. Temiryollarining umumiy uzunligi - 12947 km, avtomobil yo‘llari - 26477 km, ichki suv yoilari - 240 km. Portlari - Gavana, Kartinas, Mansanilyo, Mantansas, Santyago de-Kuba.