Kosta-Rika

Kosta-Rika Respublikasi

Kosta-Rika bayrog'i
📍
Poytaxt
San-Xose
👥
Aholi
5 309 625
🗺️
Maydoni
51 100 km²
💰
Valyuta
Kolon (CRC)

📖 Tarixi

1502-yil Kolumb tomonidan kashf etilgan. Hozirgi Kosta-Rika 1520-yilda Gvatemala tarkibidagi ispan mustamlakasiga aylandi. 1821-yil 15-sentabrda Kosta-Rika o‘z mustaqilligini e’lon qilsada, 1838- yilgacha Gvatemala, Gonduras, Nikaragua va Salvador bilan federatsiyaga birlashadi. 1839-yilda esa to‘liq mustaqil bo‘ladi. 1871-yilda qabul qilingan konstitutsiyaga o‘lim jazosini bekor qiladi, chet el investitsiyalarini kiritishga ruxsat beradi. Shu vaqtdan AQShning «United fruit» kompaniyasining ekspansiya boshlangan edi. 1941-yili fashist Germaniyasi va uning ittifoqchilariga qarshi urush e’lon qiladi. XX asrning choragida kofe narxining tushishi va neftning qimmatlashishi mamlakatda iqtisodiy barqarorsizlikni yuzaga keltirdi.

📈 Iqtisodiyoti

Qishloq xo‘jaligi iqtisodining asosiy sektori hisoblanadi. Eksport qilinadigan mahsulotlarning 70% i qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Eksporti qahva, shakarqamish, oziq-ovqat, to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari bilan cheklangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh Germaniya, Gvatemala, Yaponiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 950 km, avtomobil yo‘llari - 15400 km, ichki suv yo‘llari - 730 km. Portlari: Golfito, Koldero, Moin, Puerto-Limon, Puntarenas.