Kolumbiya

Kolumbiya Respublikasi

Kolumbiya bayrog'i
📍
Poytaxt
Santa-Fe-de-Bogota
👥
Aholi
53 057 212
🗺️
Maydoni
1 141 748 km²
💰
Valyuta
Kolumbiya pesosi (COP)

📖 Tarixi

Hozirgi Kolumbiya hududlari 1502-yil Kolumb tomonidan kashf etilgan. 1510-yilga keiib ispanlar mamlakatni mustamlakaga aylantirdilar. Yangi Grenada deb atalgan Ispaniya mustamlakasi Venesuela va Ekvador hududlarini ham qo‘shib, 1717-yilda vitse-qirollikka aylantirildi. 1810-yildan mustaqillik uchun kurash boshlandi va 1819-yilda mustaqillikka erishdi. 1830-yilda Venesuela va Ekvador, 1903-yili Panama Buyuk Kolumbiyadan ajralib chiqdi. 1948-yilda konservatorlar va liberallar o‘rtasidagi turlicha siyosiy qarashlar ikki partiya tarafdorlari o‘rtasida qonli to‘qnashuvlarga olib keldi. 1953-yilda davlat to‘ntarishi natijasida mamlakatda harbiy diktatura o‘rnatildi. 1957-yilda hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan fuqarolik hukumati bir qator ichki siyosiy va iqtisodiy muammolarga duch keldi. XX asrning 2-yarmida narkomafiya kuchlarining faollashuvi kuzatiladi. 1993-yili Medelyin kartelining «narkobaron»i 43 yashar Pablo Eskobaraning o‘ldirilishi ham vaziyatni o‘zgartirmaydi. Harbiy to‘ntarishlar tez-tez sodir bo‘lib turadigan qo‘shni davlatlarga nisbatan Kolumbiyada demokratik an’analar ancha mustahkam.

📈 Iqtisodiyoti

Keyingi o‘n yilliklarda iqtisodning rivoji oqsagan, lekin o‘sish sur’ati boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlariga nisbatan yuqori. Kolumbiyaning asosiy eksport mahsuloti - qahva. Birmuncha rivojlangan sanoat tarmoqlarr. to‘qimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya, kimyo sanoati. Qishloq xo‘jaligida (YIMning 15% i) g‘alla mahsulotlari yetishtirish va chorvachilik rivojlangan. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 33,86 km. Avtomobil yo‘llari - 107300 km. Ichki suv yo‘llar - 14300 km. Asosiy portlari: Barankilva, Buenaventura, Kartaxena, San-Adres, Santa-Marta, Tumako. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, YI mamlakatlari, Yaponiya, Braziliya, Venesuela.