Xitoy

Xitoy Xalq Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Pekin

Aholi

1 367 820 000

Maydoni

9 596 961 km²

Valyuta

Yuan (CNY)

Tarixi

Birinchi Xitoy sulolasi - Sin (m. a. XVIII-XI asrlar), m. a. XIV asrda In nomini olgan. M. a. III 1-yilda davlat chjou qabilalari tomonidan zabt etilgan. М. a. VII asrda Chjou davlati bir nechta podsholiklarga bolinib ketgan. М. a. Ill asrda 36 ta provinsiyaga bolingan. Markazlashgan Sin imperiyasi paydo bo‘ldi. Bu imperiya davrida xunnlar hujumidan himoyalanish maqsadida Buyuk Xitoy devori qurilgan. M. a. 206-yilda Sin imperiyasi o‘rnida paydo bo‘lgan Xan imperiyasi m. a. 140-87-yillarda o‘z rivojlanishi- ning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan. «Uch qirollik» davridan keyin mamlakatda hokimiyat 907-yilgacha hukmronlik qilgan Tan sulolasi qo‘liga o‘tgan. 1226-yilda mo‘g‘ullar bosqinidan keyin mamlakatda mo‘g‘ullardan bo‘lgan Yuan sulolasi hukm surgan. 1368-yilda hokimiyat Xitoy imperatori qo‘liga o‘tadi va Min dinastiyasi davri boshlanadi. Xitoy hukmronlari 1628-1645-yillarda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlarni bostirish uchun manchjur qabilalari ko‘magiga tayanadi. Manchjurlar 1644-yilda hokimiyatni qo‘lga kiritadi va 1912-yilgacha mamlakatni idora qiladi. Imperiya hududini Sibir, Oltoy, Pomir va Nepalgacha kengaytirgan manchjurlar hukumati XIX asrda ko‘plab ichki va tashqi muammolarga duch keladi. 1912-yilda Sun Yatsen Gomindan hukumatiga asos soladi. Sun Yatsen o‘limidan keyin Chan Kayshi guruhi kommunistlar bilan aloqani uzib Nankinda milliy hukumat tuzadi. 1938-yilda yapon qo‘shinlarining bostirib kirishidan keyin gomindanchilar bosqinchilarga qarshi kurashish uchun kommunistlar bilan birlashadilar. Gomindanchilar mag‘lubiyatga uchrab, Tayvanga qochadi, kommunistlar esa Mao Szedun boshchiligida 1949-yil 1-oktabrda Xitoy Respublikasining tashkil topganini e’lon qiladi. Mao Sze Dun vafotidan so‘ng XXR raisi etib saylangan Den Syaopin mamlakatni siyosiy va iqtisodiy islohotlar yo‘liga boshladi. Natijada XXR dunyoning eng jadal rivojlanayotgan davlatlari qatoriga qo‘shildi.

Iqtisodiyoti

XX asrning 80-yillarida Xitoy rahbarlari mamlakatni markazlashtirilgan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tkazishga kirishdi. Buning uchun qishloq xo‘jaligida kollektivlashtirishdan fermerlik tizimiga o‘tildi. Qishloq xo‘jaligi yalpi milliy mahsulotning 30% ini ta’minlaydi. Sanoatning birmuncha rivojlangan tarmoqlari - metallurgiya, mashinasozlik, ko‘mir qazib olish, neft qazib olish, to‘qimachilik, kimyo, harbiy sanoat. Asosiy savdo hamkorlari: Gonkong, Yaponiya, AQSh, Rossiya, Tayvan, Germaniya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - taxminan 54000 km. Avtomobil yollari - 1300000 km, ichki suv yo‘llari - 138600 km. Asosiy portlari: Guanchjou, Dalyan, Sindao, Shanxay.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita