Kamerun
Kamerun Respublikasi
📍
Poytaxt
Yaunde
👥
Aholi
29 442 327
🗺️
Maydoni
475 442 km²
💰
Valyuta
KFA franki (BEAC) (XAF)
📖 Tarixi
Kamerun portugallar tomonidan XV asr oxirlarida kashf etilgan. XIX asr oxirlarida Germaniya Kamerunni o‘zining protektorati deb e’lon qildi. 1916- yilda mamlakat ittifoqchilar tomonidan egallab olingandan keyin mamlakat hududi Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan bo‘lib olindi, 1945-yildan boshlab BMT vasiyligida Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan boshqarila boshlandi. Fransiya Kameruni 1958-yil o‘z-o‘zini boshqarish huquqini, 1960-yilda Sharqiy Kamerun Fransiyadan mustaqillikni qo‘lga kiritdi. Britaniya Kameruni 1961-yilda referendum natijalariga ko‘ra ikki qismga: shimoliy qismi Nigeriyaga, janubiy qismi Sharqiy Kamerunga qo‘shildi, natijada Kamerun Federativ Respublikasi tashkil topdi. 1972-yildan boshlab - Birlashgan Kamerun Respublikasi, 1984-yildan boshlab - Kamerun Respublikasi deb yuritila boshlandi.
📈 Iqtisodiyoti
Kamerun neft zaxiralariga boyligi sababli ekvatorial Afrikada aholi jon boshiga tushadigan daromadning yuqoriligi bilan ajralib turadi. Neftni qayta ishlash sanoatidan tashqari yog‘ochga ishlov berish, oziq-ovqat, yengil va to‘qimachilik sanoatlari ham rivojlangan. Qishloq xo‘jaligida mehnatga yaroqli aholining ko‘p qismi band bo‘lib, mamlakatning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini deyarli to‘liq ta’minlaydi. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya va AQSh. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 1003 km, avtomobil yo‘llari - 65000 km. Asosiy porti - Duala.