Kot-D’Ivuar

Kot-D’Ivuar Respublikasi

Kot-D’Ivuar bayrog'i
📍
Poytaxt
Abidjan
👥
Aholi
31 719 275
🗺️
Maydoni
322 463 km²
💰
Valyuta
KFA franki (BCEAO) (XOF)

📖 Tarixi

XVI asrda Kot-d’Ivuar hududlari yevropaliklardan birinchi bo‘lib portugallar tomonidan kashf etilgan. 1893-yilda fransuzlar Fil Suyagi Qirg‘og‘i(mamlakatnnig avvalgi nomi)ni o‘zlarining mustamlakasi deb e’lon qildi. 1899-yil Fransuz g‘arbiy Afrikasi tarkibiga kirdi. Ufue-Buani rahbarligidagi xalq ozodlik harakati natijasida 1958-yilda Fransuz Hamdo‘stligi tarkibidagi avtonomiyaga, 1960-yilda to‘liq mustaqillikka erishdi. 1990-yil mamlakatdagi bir partiyalikdan ko‘p partiyali tizimga o‘tildi.

📈 Iqtisodiyoti

Kot-d’ Ivuar - agrar mamlakat. YIMning 35%, eksportning 70% dan ortiqrog‘i qishloq xo‘jahgiga to‘g‘ri keladi. Kakao yetishtirish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Palma yog‘i, kauchuk eksporti bo‘yicha Afrikada birinchi o‘rinda turadi. Sanoatning birmuncha rivojlangan tarmoqlari: to‘qimachilik, kimyo, qurilish sanoati. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Nigeriya, Yaponiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 660 km, avtomobil yo‘llari - 46600 km, ichki suv yo‘Uari - 980 km, asosiy portlari - Abidjan, Gran-Basam.