Shveysariya

Shveysariya Konfederatsiyasi

Bayroq
Poytaxt

Bern

Aholi

8 211 700

Maydoni

41 285 km²

Valyuta

Shveysariya franki (CHF)

Tarixi

Kelt qabilalari - ret va gelvetlar yashagan hozirgi Shveytsariya I asrda qadimgi Rim tomonidan bosib olinadi. V asrda bu hududga german qabilalaridan burgundlar va allemanlar kirib kelishadi va hozirgi Roman Shveytsariyasi hamda Alleman Shveytsariyasi joylashgan hududlarda o‘mashishadi. VI asrdan hozirgi Shveytsariya hududi Franklar qirolligi, keyinroq Burgundiya, 1032-yildan Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga kirgan. XII-XIII asrlarda bu hududda bir qator mustaqil knyazliklar shakllanadi. Shular orasida XIII asrning oxirlariga kelib Gabsburg knyazligi obro‘ qozonadi. 1291-yilda uchta shveysar kantoni (Uri, Shvits va Untervalden) ittifoq tuzib, gabsburglarga qarshi kurashadilar. Qator mag‘lubiyatlar (1315-yil - Morgatan, 1351-yil - Syurix, 1386-yil - Zempaxdava va boshqalar)dan so‘ng gabsburglar 1389-yilda Konfederatsiyani tan oladilar. 1498-yilda Konfederatsiyaga yana besh kanton qo‘shiladi. Shveytsariya Konfederatsiyasining harbiy qudrati Yevropa davlatlari tomonidan tan olinadi (Shveytsariyaning rasman tan olinishi 1648- yilgi Vestfaliya shartnomasi bilan mustahkamlangan) va ular XV-XVI asrlarda yollanma shveysar qo‘shinlarini harbiy yurishlarga jalb qila boshlashadi. Reformatsiya XVI asrda mamlakatni ikkiga bo‘lib, fuqarolar urushini keltirib chiqaradi. Katolik va protestantlar o‘rtasidagi janglardan birida protestant ruhoniysi U.Svingli halok boiadi. Shundan so‘ng ikki o‘rtada shartnoma tuzilib, unga ko‘ra to‘rt kantonda kalvinizm, yetti kantonda katolik dini tan olinadi. Shveytsariya XVII asrda neytralitet e’lon qiladi. Neytralitet bir marotaba, 1798-1814 yilgi Napoleon urushi davrida buziladi. Lekin 1815-yilgi Vena kongressi Shveytsariyaning xalqaro maqomini tasdiqlab, uning neytralligi va chegaralarining daxlsizligini kafolatlaydi. Shu davrdan qo‘shilmaslik siyosati mamlakat tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi va Shveytsariya bu siyosatga ikkita jahon urushlarida ham amal qildi.
Shveytsariya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o‘rnatilgan.

Iqtisodiyoti

Yuqori darajada rivojlangan sanoat davlati. Shveytsariya aholi boshiga daromad darajasi bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Qazilma boyliklarining yo‘qligiga qaramay Shveytsariya jahon bozorlarida kuchli raqobatchi hisoblanadi, bundan tashqari bu davlat iqtisodiy barqarorlik va aholining bandligini yuqori darajada ushlab turadi. Metallga ishlov berish, mashinasozlik, uskunasozlik, kompyuter texnikasi, transport vositalari, soatsozlik, kimyo, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoatining eng taraqqiy etgan tarmoqlaridir. Iqtisodining muhim tarmoqlaridan biri - bank ishi. Shveytsariya dunyoning moliyaviy markazlaridan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi (YIMning 5% i) asosan chorvachilikka ixtisoslashgan. 2012-yil YIM miqdori 325,3 mlrd AQSh dollarni (aholi jon boshiga – 43,1 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YI davlatlari, AQSh, Yaponiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 5174 km (99% elektrlashtirilgan), avtomobil yo‘llari 61500 km, ichki suv yo‘llari - 65 km. Asosiy daryo porti - Bazel.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita