Kongo
Kongo Respublikasi
📍
Poytaxt
Brazzavil
👥
Aholi
6 142 180
🗺️
Maydoni
342 000 km²
💰
Valyuta
KFA franki (BEAC) (XAF)
📖 Tarixi
XV-XVI asrlarda hozirgi Kongo hududlarida Teke, Laongo davlatlari bo‘lgan. 1875-yilda fransuzlar mustamlakaga aylantira boshladi. 1891-yilda Fransuz Kongosi tashkil topdi. 1910-yilda Fransuz Ekvatorial Afrikasi tuzilgan vaqtda mustamlaka hududi ikkiga bo‘lmdi. Gabon (g‘arbiy qism) va Kongo (sharqiy qism). Kongo 1960-yilda mustaqilikka erishdi. 1970-yildan Kongo Xalq Respublikasi, 1990-yilda yangi Konstitutsiya qabul qilindi va mamlakat Kongo Respublikasi deb nomlandi.
📈 Iqtisodiyoti
Kongo asosan agrar davlatligicha qolmoqda. Sanoatda industrial sektor rivojlangan. Sanoatning rivojlanayotgan boshqa tarmoqlari: yog‘ochni qayta ishlash, palma yog‘i ishlab chiqarish. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Fransiya, Italiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 797 km; avtomobil yo‘llari - 11960 km, ichki suv yo‘llari - 1120 km. Asosiy portlari: Puent-Nuar (okean porti), Brazzavil (daryo porti).