Markaziy Afrika Respublikasi

Markaziy Afrika Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Bangi

Aholi

4 803 000

Maydoni

622 984 km²

Valyuta

KFA franki (BEAC) (XAF)

Tarixi

Hozirgi MAR hududi 1895-yilda Ubangi-Shari nomli Fransiya mustamlakasi deb e’lon qilinadi. 1958-yilda Fransuz Hamdo‘stligi doirasida muxtoriyatga ega boigan MAR 1960-yilda mustaqillikka erishadi. 1966-yilda davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyatga general Bokassa keladi. U 1976-yilda MARni imperiya deb e’lon qiladi. Hukmron rejimga qarshi muxolifatning kuchayishi 1979-yilda Bokassa diktaturasining qulashiga va respublika o‘rnatilishiga olib keladi. 1981-yilda yana davlat to‘ntarishi bo‘lib, hokimiyatga general Kolingba boshliq harbiy qo‘mita keladi. 1992-yilda harbiylar partiyalar faoliyatini cheklash to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishdi. 1998-yilning fevral-mart oylarida Bangi shahrida o‘tkazilgan millatlararo kelishuvga bag‘ishlangan konferensiyada o‘zaro totuvlik hujjatlari imzolandi.

Iqtisodiyoti

Markaziy Afrika Respublikasi Afrikaning eng kambag‘al davlatlaridan biri. Sanoatining eng muhim tarmoqlari tog‘-kon sanoati (olmos umumiy eksport miqdorining yarmidan ko‘pini tashkil etadi) va yog‘ochni qayta ishlash (eksportining chorak qismi) sanoatidir. 66% mehnatga layoqatli bo‘lgan aholi mashg‘ul bo‘lgan qishloq xo‘jaligi YIMning 40% ini ta’minlaydi. Eksport qilinadigan muhim qishloq xo‘jalik mahsulotlari - paxta, qahva, tamaki. MARning iqtisodiy taraqqiyotini yomon infrastruktura, malakali ishchilarning yetishmasligi va hukumatning yaxshi o‘ylanmagan iqtisodiy siyosati to‘xtatib turibdi. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Belgiya, Italiya, Yaponiya, AQSh, Jazoir. Temiryo‘llari yo‘q, avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 2200 km, ichki suv yo‘llari - 800 km.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita