Beliz

Beliz

Bayroq
Poytaxt

Belmopan

Aholi

349 728

Maydoni

22 966 km²

Valyuta

Beliz dollari (BZD)

Tarixi

Hozirgi Beliz hududlarida IV asrdan X asrgacha Mayya sivilizatsiyasi hukmronlik qilgan. XV asrda Beliz ispanlar tomonidan bosib olingan va ispan mustamlakasi deb e’lon qilingan. Keyinroq XVI asrda bu yerga inglizlar keldi va hududda birinchi ingliz mustamlakasiga asos solindi. Ular o‘rmonlami kesish bilan faol shug‘ullandilar va yangi yerlar ocha boshladilar. Plantatsiyalarda va qimmat­baho yog‘och tayyorlashda inglizlar negr qullar mehnatidan foydalandilar. Ispanlar quvib chiqarildi. 1862-yilda bu hudud Britan Gondurasi nomi bilan Britaniya mustamlakasi deb e’lon qilindi. 1964-yilda Beliz to‘la ichki o‘z-o‘zini boshqarish huquqini oldi. Beliz 1981-yilgacha Amerika qit’asidagi Britaniyaning oxirgi mustamlakasi bo‘ldi. 1981-yil sentabrda davlat mustaqil deb e’lon qilindi.

Iqtisodiyoti

Beliz - agrar davlat. Asosiy qishloq xo‘jalik mahsuloti - shakarqamish. Sitrus mevalar va banan yetishtiriladi. Sanoat tarmoqlaridan yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Savdo, chet el turizmi va qurilish rivojlanmoqda. Eksporti: shakar, sitrus mevalar, banan, dengiz mahsulotlari va undan tayyorlangan mahsulotlar. Importi: mashina va transport jihozlari, mineral yoqilg‘i, kimyoviy sanoat mahsulotlari, farmatsevtik mollar, tikuvchilik mahsulotlari. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Meksika.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita