Butan

Butan Qirolligi

Bayroq
Poytaxt

Tximpxu

Aholi

757 510

Maydoni

38 394 km²

Valyuta

Ngultrum (BTN)

Tarixi

Zamonaviy Butan hududi m. a. VIII asrda Hindiston hukmronligi ostiga o‘tdi. XVI asrda Butan Ti­bet hukmdorlariga bo‘ysundi. 1774-yilda zamonaviy Butan hududida yashagan xalqlar Xitoy hukmronligi ostida qoldi. XIX asrda inglizlar bostirib kirdi. 1907-yilda Tongsi hukmdori Ugiyen Vangchuk monarx deb e’lon qilindi va o‘z sulolasiga asos soldi. 1949-yilda Butan Hindistondan mustaqillik oldi. 1954-yilda o‘z parlamentini tashkil etdi. 1998-yilda qirol o‘z vakolatlarining bir qismidan Milliy Assambleya foydasiga vos kechdi.

Iqtisodiyoti

Iqtisodi natural xo‘jalik va feodal munosabatlari ustun bo‘lgan agrar mamlakat. Tog‘lardagi ekin maydonlarida mango, boshoqlilar, sitrus o‘simliklar, ananas yetishtiriladi. Hunarmandchilik rivojlangan bo‘lib, ustaxonalarda sovuq qurol, gilam, mato to‘quvchiligi, yog‘ochga ishlov berish amalga oshiriladi. Tog‘-kon va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari faoliyat yuritmoqda. Asosiy savdo hamkorlari: Hindiston, Yaqin Sharq mamlakatlari, Yevropa mamlakatlari, Singapur.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita