Bruney

Bruney Dorussalom Sultonligi

Bruney bayrog'i
📍
Poytaxt
Bandar Seri Begavan
👥
Aholi
455 500
🗺️
Maydoni
6 765 km²
💰
Valyuta
Bruney dollari (BND)

📖 Tarixi

Sultonlikka XV asrda asos solingan va o‘z tarkibiga butun Borneo orolini hamda uning atrofidagi mayda orollarni egallagan edi. 1888-yilda Bruney ingliz protektarati bolib qoldi. 1959-yilning yangi konstitutsiyasi Buyuk Britaniyani Bruney mudofaasi va tashqi aloqalar uchun javobgar bo‘lishga majbur qilardi. 1984-yili mustaqillik e’lon qilindi. 1991-yilda Bruney qo‘shilmaslik harakati a’zosi bo‘ldi.

📈 Iqtisodiyoti

Mamlakat iqtisodi rivojlangan bo‘lib, uning asosini neft qazib olish, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish va neftni qayta ishlash tashkil etadi. Sholi, saga palmasi kabi madaniy o‘simliklar o‘stiriladi. Chorvachilik rivojlangan. Daryolarda kema qatnovlari yo‘lga qo‘yilgan. Savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur, AQSh, Malayziya, Tailand.