Benin

Benin Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Porto-Novo

Aholi

10 315 244

Maydoni

114 763 km²

Valyuta

KFA franki (BCEAO) (XOF)

Tarixi

XV asrda Beninning qirg‘oq hududlariga yevropaliklar kirib keldi va uni qul savdosining yirik tumanlaridan biriga aylantirdi. Benin hududida vujudga kelgan Dagomeya davlati to‘grisidagi birinchi ma’lumotlar XVII asrga oiddir. 1890-yillarning boshida Dagomeya fransuz istilochilari tomonidan bosib olindi. XIX asrning oxirlarida Benin hududi ingliz mustamlakachilari tomonidan bosib olinib, keyinchalik Nigeriya mustamlakasi tarkibiga qo‘shib yuborildi. Dagomeya 1904-yilda fransuz mustamlakasi bo‘lib qoldi va hozirgi kungacha Fransiya mamlakatining asosiy savdo hamkori bo‘lib qolmoqda. 1960-yilning 1-avgustidan Benin Dagomeya Respublikasi nomi ostidagi mustaqil davlatdir. 1960-1972-yillarda mamlakatda 10 ta hukumat almashib, 5 ta harbiy to‘ntarish bo‘lib o‘tdi. 1972-yilda hokimiyat tepasiga Harbiy-inqilobiy hukumat keldi. 1990-yil martidan mamlakat Benin respublikasi deb atala boshlandi. 1990-yil dekabrida yangi konstitutsiya qabul qilindi.

Iqtisodiyoti

Benin - agrar mamlakat. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, to‘qimachilik korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Chorvachilik rivojlangan. Paxta, yeryong‘oq, qahva yetishtiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: Marokash, Fransiya, Portugaliya, AQSh, Xitoy, Gana, Italiya, Gollandiya, Nigeriya, Kot-d’Ivuar. Asosiy porti: Kotonu.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita