Burundi

Burundi Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Bujumbura

Aholi

9 823 827

Maydoni

27 834 km²

Valyuta

Burundi franki (BIF)

Tarixi

Tva pigmeylari Burundining tub aholisi hisoblanadi. Tvalarning katta qismini assimiliatsiya qilgan xutular XIV asrda paydo bo‘lgan. XV asrda tutsilar kirib kelganidan so‘ng Ruandadagi kabi bu yerda ham qirollik tashkil etildi. XIX asrning 80-yillarida Burundi (bu davrda Urundi) Ruanda bilan birga nemislar tomonidan ishg‘ol qilinib, German Sharqiy Afrikasi tarkibiga qo‘shildi. Birinchi jahon urushidan so‘ng Belgiyaga Ruanda-Urundi hududlari boshqaruv mandati topshirildi. 1962-yil 1-iyulda Burundi konstitutsion monarxiya sifatida mustaqillikka erishdi. 1966- yilgi harbiy to‘ntarishdan so‘ng mamlakat respublika deb e’lon qilindi. 1989-yillarda davlatda xutu va tutsilar o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar boshlandi. 2004-yilda Burundiga xalqaro harbiy kuchlar kiritilishi natijasida fuqarolar urushi va etnik to‘qnashuvlarga barham berildi.

Iqtisodiyoti

Burundi - agrar mamlakat. Yog‘ochni qayta ishlash, to‘qimachilik, sement ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi xomashyosini qayta ishlash korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Baliqchilik, chorvachilik, qahva, choy, paxta yetishtiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: Belgiya, Fransiya, Germaniya, Tanzaniya, Yaponiya, AQSh.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita