Bahrayn

Bahrayn davlati

Bayroq
Poytaxt

Manama

Aholi

1 316 500

Maydoni

780 km²

Valyuta

Bahrayn dinori (BHD)

Tarixi

M.a. III ming yillikda zamonaviy Bahrayn kuchli savdo imperiyasi hisoblangan Dilmunning markazi bo‘lgan. M.a. 1600-yillarida Dilmun inqirozga yuz tutadi. Bahrayn m.a. 600-yilda Bobil tarkibiga, IV-VI asrlarida Sosoniylar davlati tarkibiga kiradi. VIII asrda esa Bahrayn arab xalifaligi hukmronligi ostida qoldi. IX-X asrlarda Bahrayn Ummaviylar imperiyasi, keyinchalik Abbosiylar davlati tarkibida bo‘ldi. XIII asrda Bahrayn ma’lum muddatga mustaqillikni qo‘lga kiritdi. 1487-yilda Bahrayn va Mohara orollari Ummonlik qabilalari tomonidan bosib olindi. 1536-yildan 1602-yilgacha orollarni portugallar nazorat qilishdi. XVIII asr o‘rtalarida Bahraynda uni hozirgi kunda ham idora etayotgan Al-Xalifa urug‘i vujudga keldi. XIX asrda Bahrayn inglizlar nazorati ostida edi. 1971-yil 14-avgustda Bahrayn mustaqillikka erishdi.

Iqtisodiyoti

Mamlakat iqtisodining asosini neft qazib olish va uni qayta ishlash tashkil etadi. Kema ta’mirlash, sement va boshqa korxonalar bilan bir qatorda hunarmandchilik ham taraqqiy etgan. Kimyo sanoati ham rivojlangan, alumin eritiladi. Madaniy o‘simliklardan makkajo‘xori, bug‘doy, arpa yetishtiriladi. Echki, qo‘y, eshak va zebusimon sigirlar boqiladi. Asosiy savdo hamkorlari - Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSh, Avstraliya.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita