Burkina Faso

Burkina Faso Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Uagadugu

Aholi

17 322 796

Maydoni

274 200 km²

Valyuta

KFA franki (BCEAO) (XOF)

Tarixi

XI asrda gambagilik kelgindi qabilalar Yuqori Volta tekisliklariga bostirib kirishadi. Asta-sekinlik bilan ular kuclili siyosiy uyushmaga ega bo‘lgan markaziy va sharqiy tekislikdagi dehqonchilik qabilalarini bo‘ysundirdilar. Ammo g‘arbiy tumanlardagi zamo­naviy bobo, lobe va grusilarning ajdodlari bosqinchilarga qarshilik ko‘rsata oldilar. Vaqt o‘tib kelgindilar mahalliy aholi bilan aralashib ketib, ularning dini va tilini qabul qihshdi. Keyinchalik bosqinchilarning avlodlari Mosi Yatenga, Uagadugu, Tenkodogo va Fadan-Gurma davlatlarining hukmron doirasini tashkil etdi. XIV-XVI asrlarda Yatenga davlatining qurolli kuchlari Mali va Songay davlatlari hududining bir qismini ishg‘ol qildi. XVI asrda mosilar ularni bo‘ysundirish va majburan islomlashtirishga intilgan songayliklar hujumlarini qaytardi. 1895-yilda Yatenga davlati ustidan nazorat o‘rnatilganidan so‘ng, fransuz qo‘shinlari Moronaba qo‘sbinlarini tor-mor qilib, uning mulklarini bosib oldi. 1897-yilda Fada-Gurma qirolligi hukmdori fransuz protektoratiga o‘tdi. Shu davrning o‘zida fransuzlar grusi, bobo, lobi xalqlariga tegishli yerlarni ishg‘ol qildi.

Iqtisodiyoti

Burkina-Faso agrar mamlakat. Marganes, simob, oltin, fosfatlar, nikel, marmar qazib olinadi, yog‘och ishlab chiqariladi. To‘qimachilik, teri-poyabzal, go‘sht tayyorlash, yog‘-moy, paxta tozalash korxonalari mavjud. Daryolarida baliq ovlash keng yoiga qo‘yilgan. Yeryong‘oq, shakarqamish, paxta yetishtiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Kot-d’Ivuar, Italiya, Tailand, Tayvan, Niger, Nigeriya.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita