Bangladesh

Bangladesh Xalq Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Dakka

Aholi

157 711 000

Maydoni

147 570 km²

Valyuta

Taka (BDT)

Tarixi

Bengal qabilalari Quyi Gang vodiysiga m.a. 1000-yilda kirib kela boshladilar. Keyinchalik Vanga davlati tashkil topdi. Bangladesh bu yerda islomni tarqatgan boburiylar hukmronligi ostida qoladi. 1757-yilda mamlakat ingliz mustamlakachilari hukmronligiga itoat etishga majbur bo‘ldi. 1947-yilda Sharqiy Bengaliya hududlari Pokistonga qo‘shib yuborildi. «Bengallar yeri» (Bangladesh) 1971 -yilda mustaqil Xalq respublikasi deb e’lon qilindi. 1975-yilda harbiy holat tartibi e’lon qilinadi. 1978-1979-yillarda fuqarolik boshqaruvi tiklanadi. 1982-yilda harbiy to‘ntarish oqibatida mamlakatda har­biy tuzum o‘rnatildi. 1988-yili Bangladesh islom respublikasi deb e’lon qilinadi. 2007-yili harbiylar hokimiyatni o‘z qo‘liga olib korrupsiyaga va siyosiy vaziyatni sog‘lomlashtirishga qaratilgan bir qator favqulodda choralar ko‘rishdi.

Iqtisodiyoti

Bangladesh - agrar mamlakat. Tamaki, choy, shakarqamish yetishtiriladi. Asosiy madaniy o‘simliklar: sholi, bug‘doy, dukkaklilar. Sanoat tarmoqlarida to‘qimachilik, qog‘oz, shakar, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Metallga ishlov berish, metallurgiya, sement, neftni qayta ishlash zavodlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bulardan tashqari kemasozlik, oziq-ovqat, avto va radio yig‘ish korxonalari ham mavjud. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, AQSh, Yaponiya, Singapur.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita