Barbados

Barbados

Barbados bayrog'i
📍
Poytaxt
Brijtaun
👥
Aholi
267 800
🗺️
Maydoni
431 km²
💰
Valyuta
Barbados dollari (BBD)

📖 Tarixi

Qadimda orolda aravak va karib qabilalari yashagan. Orol 1536-yili portugaliyalik Pedro Kamposh tomonidan kashf qilindi. 1625-yildan Barbados Britaniya mustamlakasiga aylandi. Afrikadan keltirilgan qullar hisobiga tamaki va shakar ishlab chiqarish sanoati vujudga keldi. 1834-yilda qullik bekor qilingan. 1961-yili orol o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega bo‘ldi. 1966-yili Buyuk Britaniyadan to‘liq mustaqillikka erishdi, lekin Britaniya Hamdo‘stligi tarkibida qoldi.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodiyotining asosini shakar ishlab chiqarish va chet el turizmi tashkil etadi. Turizm industriyasi Karib dengizi havzasidagi aholining yuqori turmush darajasini ta’minlab bermoqda. Yengil, oziq-ovqat, tabiiy gaz va neft qazib olish sanoati rivojlanmoqda. Baliq ovlash rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Karib dengizi havzasi davlatlari. Iqtisodiyot uchun avtomobil yo‘llari katta ahamiyatga ega. Temiryo‘llari yo‘q. Asosiy porti - Brijtaun.