Avstraliya

Avstraliya Ittifoqi

Avstraliya bayrog'i
📍
Poytaxt
Kanberra
👥
Aholi
27 536 874
🗺️
Maydoni
7 692 024 km²
💰
Valyuta
Avstraliya dollari (AUD)

📖 Tarixi

Avstraliya aborigenlarining ajdodlari bu qit’aga 40000 yil muqaddam ko‘chib kelganlar. Avstraliya hududida yevropaliklar kelguniga qadar chor­vachilik, dehqonchilik va temir nimaligini bilmagan aborigen qabilalari istiqomat qilishardi. Ularning asosiy mashg‘uloti termachilik va ovdan iborat edi. XV1I1 asr oxirlarida mamlakat hududida 300000 aborigen yashagan. 1606-yili gollandiyalik dengizchi V.Yanszon yevropaliklardan birinchi bo‘lib Avstraliya qirg‘oqlariga yetib keladi. 1643-yilda yana bir golland dengizchisi A.Tasman mamlakatning shimoliy qirg‘oqlari va Tasman orolini o‘rganib chiqdi. 1770-yilda ingliz kapitani J. Kuk Avstraliyaning sharqiy qirg‘oqlariga kelib tushdi va qit’ani Britaniya mulki deb e’lon qildi. XVIII asr oxirida Avstraliyada birinchi ingliz manzilgohi - Sidney shahriga asos solindi. Angliya Avstraliya hududidan mahbuslarini surgun qilish joyi sifatida foydalandi. 1901-yilning 1-yanvarida Angliyadan domi­nion mavqeyini olgan Avstraliya Ittifoqi tashkil topdi. I jahon urushi davrida Avstraliya qo‘shinlari Fransiya va Yaqin Sharqda olib borilgan harbiy harakatlarda ishtirok etdi. Urushdan so‘ng Avstraliya Nauru oroliga ega boidi. 1931-yilda Avstraliya Vestminster statutiga ko‘ra tashqi va ichki siyosatda to‘la mustaqillikni qoiga kiritdi. Avstraliya II jahon urushi davrida antigitlerchilar ittifoqi tarafida turib jang qildi. 1967-yilda aborigenlarga barcha fuqarolik huquqlari berildi. 1968-yil 1-martdan boshlab Avstraliyada Buyuk Britaniya dominionligi bekor qilingan bo‘lsa-da, u Hamdo‘stlik tarkibidan chiqmadi. 1998-2007-yillarda Avstraliyada respublika boshqaruv shaklini joriy qilish to‘g‘risida bir qator referendumlar o‘tkazildi. Hozirgi kunda Avstraliya britan monarxi bosh bo‘lgan mutlaq mustaqil davlat.

📈 Iqtisodiyoti

Avstraliya bozor iqtisodi yuqori rivojlanishga ega bo‘lgan industrial-agrar mamlakat. Sanoatning rivojlangan sohalari: mashinasozlik, tog‘-kon, kimyo sanoati, oziq-ovqat, po‘lat quyish. Qishloq xo‘jaligi asosan eksportga ixtisoslashgan. Chorvachilik rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: Xitoy, Yaponiya, Misr, Indoneziya, MDH mamlakatlari.