Angola

Angola Respublikasi

Angola bayrog'i
📍
Poytaxt
Luanda
👥
Aholi
36 170 961
🗺️
Maydoni
1 246 700 km²
💰
Valyuta
Kvanza (AOA)

📖 Tarixi

Angola portugaliyaliklar tomonidan 1482-yil kashf etilgan. XIX asrdan boshlab Portugaliya mamlakat ichkarisini egallashga kirishadi. Zambezi va Kongo oralig‘ini o‘rganib chiqqan portugaliyalik sayohatchi Serpa Pintu 1889-yili Mozambik gubernatori lavozimiga tayinlangandan keyin Angolani Mozambikka qo‘shib olishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. XX asr boshlarida Angola Portugaliyaning mustamlakasi, 1951-yildan - dengizorti hududi, 1955-yildan - Portugaliya viloyati. 1961-yilda boshlangan milliy-ozodlik kurashi 1975-yil mustaqil Angola Xalq Respublikasi tuzilishi bilan yakunlandi. Sobiq SSSR qo‘llagan Angola ozodligi uchun Xalq harakati va AQSh qo‘llab turgan UNITA tashkiloti o‘rtasidagi qarama-qarshilik fuqarolar urushiga olib keldi. Bu urushda Janubiy Afrika va Kuba ham ishtirok etgan. 1991-yili tinchlik shartnomasi imzolangan, ammo prezident saylovlarida Dush Santush g‘alaba qozonishi yana fuqarolar urushi boshlanishiga sabab bo‘lgan. 1992-yildan mamlakatning rasmiy nomi - Angola Respublikasi. 2002-yili rasmiy hukumat va Angolaning to‘liq mustaqilligi uchun Milliy ittifoq (UNITA) rahbarlari harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi.

📈 Iqtisodiyoti

Aholining asosiy qismi qishloq xo‘jaligida band. Sanoatning muhim sohasi neft qazib olish bo‘lib, YMMning 60% ini tashkil qiladi. Neft, suyultirilgan gaz, olmos, qahva, baliq - davlat budjeti kirimining asosiy eksport mahsulotlari hisoblanadi. Asosiy savdo hamkorlari - AQSh, MDH davlatlari, Kuba, Portugaliya, Braziliya. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan qahva, bug‘doy, paxta, shakarqamish, manioka, tamaki eksportga chiqariladi. Temiryo‘llari uzunligi - 3189 km, avtomobil yo‘llari - 73828 km. Asosiy portlari - Luanda, Ngenza-Kabolo, Lobitu, Kabinda.