Tarixi
M.a. VII asrda greklar hozirgi Albaniya hududida o‘z koloniyalarini tuzgan. Albaniya Makedoniya, Rim (m.a. II asr) va Vizantiya (IV asr) imperiyalari tarkibiga kirgan. IX asrda mamlakat Bolgariya qirolligi, XI asrdan esa yana Vizantiya ta’sirida boigan. 1425-yildan Usmoniylar imperiyasining bir qismi hisoblangan. Turkiyaning I Bolqon urushidagi magiubiyatidan so‘ng 1912-yil Albaniya mustaqillikka erishgan. 1939-yil Albaniyani fashist Italiyasi bosib oladi. 1946-yili esa Albaniya Xalq Respublikasi e’lon qilinib, kommunistik tuzum o‘rnatiladi va ko‘p yillarga Albaniya boshqalar uchun yopiq mamlakatga aylanadi. 1976-yil mamlakat Albaniya Xalq Sotsialistik Respublikasi, 1991-yil aprelida esa Albaniya Respublikasi deb e’lon qilinadi. Albaniya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1993-yilda o‘rnatilgan.
Iqtisodiyoti
40 yildan ortiq vaqt davomida mamlakat iqtisodi markazdan rejalashtirish va ishlab chiqarish vositalari davlat mulki hisoblanishi tamoyillariga asoslangandi. 1991-yildagi saylovlarda g‘alaba qozongan yangi demokratik hukumat «shok terapiyasi» va mamlakat iqtisodini tubdan isloh qilish dasturini qabul qiladi. Sanoatning asosiy tarmoqlari: tog‘-konchilik, oziq-ovqat, yengil sanoat, neft, kimyo, metallurgiya, gidroenergetika. Qishloq xo‘jaligi YMMning 55% ini ta’minlaydi. 2012-yil YIM miqdori - 20,9 mlrd dollarni (aholi jon boshiga - 6,6 ming doll.) tashkil etgan. Asfalt, neft va neft mahsulotlari, metall va metall rudasi, elektr energiyasi, meva va sabzavotlar, tamaki eksportga chiqariladi. Mamlakatga mashinalar, asbob-uskunalar, temir va po‘lat mahsulotlari, to‘qimachilik, farmatsevtika, kimyoviy o‘g‘itlar import qilinadi. Asosiy savdo hamkorlari: Italiya, sobiq Yugoslaviya davlatlari, Germaniya, Chexiya, Slovakiya. Temiryo‘llar qurilishi sust rivojlangan (543 km), avtomobil yo‘llari uzunligi - 18450 km. Asosiy portlari: Durres, Saranda, Viera.