Angilya
Angilya
📍
Poytaxt
Valli
👥
Aholi
16 010
🗺️
Maydoni
102 km²
💰
Valyuta
Sharqiy Karib dollari (XCD)
📖 Tarixi
1493-yilda Angilya orollariga X.Kolumb ekspeditsiyasi kelib tushgan.
Dastlabki aholi punktlariga 1631-yilda gollandlar tomonidan asos solingan.
XVII asrda Angilya inglizlar mustamlakasiga aylantirilgan. XVIII asrda
Fransiya orolni 2 marta bosib olish uchun uringan. 1882-yili Buyuk Britaniya
Angilyani mustamlakalari Sent-Kits va Nevis orollariga ma’muriy jihatdan birlashtirdi.
1958-1962-yillarda bu orollar Vest-Indiya federatsiyasi tarkibida bo‘ldi, 1967-yilda esa "Buyuk Britaniyaga qo‘shilgan davtat" maqomini oldi. Shu yili may oyida Angilya Sent-Kits va Nevisdan ajralganligini e’lon qildi. 1969-yil fevralda Buyuk Britaniyaning tan olishini talab qilib, bir tomonlama tartibda o‘zini mustaqil respublika deb e’lon qildi. 1976-yilda orolga qisman o‘z-o‘zini boshqarish huquqi berildi. 1980-yilda ingliz parlamenti qabul qilgan qonunga binoan Angilya Scnt-Kits va Nevis orollaridan rasmiy ajraldi. Angiliya va Britaniya Virgin orollari 1981-yil 18-iyunda tashkil topgan Karib havzasi davtatlari oilasi, Sharqiy Karib davlatlari tashkilotiga a’zo bo‘lib qo‘shildi.

📈 Iqtisodiyoti
Iqtisodining asosini dengiz ovchiligi, chet el turizmi tashkil etadi. Kartoshka, no‘xat, makkajo‘xori, jo‘xori yetishtiriladi. Qo‘y, echki, cho‘chqa boqiladi. Baliq, dengiz qisqichbaqasi ovlanadi. Chetga qisqichbaqa, tuz, jun chiqariladi. 2006-yil YIM miqdori 112 mln dollarni (aholi jon boshiga - 7500 doll.) tashlik etgan. Asosiy savdo hamkorlari - AQSh, Trinidad va Tobago, Buyuk Britaniya.