Afg’oniston

Afg’oniston Islom Respublikasi

Afg’oniston bayrog'i
📍
Poytaxt
Qobul
👥
Aholi
43 844 000
🗺️
Maydoni
645 810 km²
💰
Valyuta
Afg’oni (AFN)

📖 Tarixi

Eron, Xitoy va Hindistonga boradigan yo‘llarda joylashgan Afg‘oniston Iskandar Zulqarnayn, hindlar, forsiylar, arablar, mo‘g‘ul-tatarlar, Bobur tomonidan zabt etilgan edi. 1747-yilda Ahmadshoh boshliq dastlabki afg‘on davlati tuziladi. Durroniylar sulolasi 1818-yilgacha, aniqrog‘i, Buyuk Britaniya Afg‘onistonni o‘z nazorati ostiga olgunga qadar hukmronlik qilgan. 1919-yilda hokimiyatni egallagan Omonulloxon Sovet Rossiyasi yordamida mustaqilligini e’lon qiladi. 1929-1973-yillarda hokimiyat Nodirshoh sulolasi qo‘lida bo‘lgan. 1978-yilgi navbatdagi harbiy to‘ntarishdan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan Muhammad Taraqqiy Afg‘onistonni demokratik respublika deb e’lon qiladi. 1979-yili hokimiyat tepasiga kelgan Babrak Karmalni qo‘llash uchun sovet qo‘shinlarining «cheklangan kontingenti» mamlakatga kiritiladi. 1986-yilda uning o‘rniga Najibullo keladi. Afg‘on qurollangan muxolifatchilariga qarshi kurashda 15000 sovet askari halok bo‘lgan.   1989-yilda sovet qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqarilgandan keyin ham hukumat va mujohidlar o‘rtasidagi kurash davom etgan. Pokiston yordamida hokimiyat Tolibon islom harakati qo‘liga o‘tadi. 2001-2002-yillarda AQSh boshchiligida tolibonlarga qarshi olib borilgan antiterroristik harakat natijasida hokimiyat demokratik fuqarolar hukumati qo‘liga o‘tdi.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodi asosan qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan. Eksportga tabiiy gaz, meva va yong‘oq, qoida to‘qilgan gilamlar, movut, paxta, qorako‘l chiqaziladi. Oziq-ovqat va neft mahsulotlari import qilinadi. Sanoati sust rivojlangan. Qishloq xo‘jaligida natural xo‘jalik hukmronlik qiladi. Temiryo‘llari uzunligi - 24,6 km; avtomobil yo‘llari - 21000 km; asosan Amudaryodan o‘tadigan suv yo‘llari uzunligi 1200 km (500 tonnagacha bo‘lgan kemalar suzishi mumkin).