Birlashgan Arab Amirliklari

Birlashgan Arab Amirliklari

Birlashgan Arab Amirliklari bayrog'i
📍
Poytaxt
Abu Dabi
👥
Aholi
11 294 243
🗺️
Maydoni
83 600 km²
💰
Valyuta
BAA dirhami (AED)

📖 Tarixi

XIX asr oxirlarigacha BAA Ummon tarkibida boigan. 1892-yilda Arabiston yarimorolining sharqiy qismida joylashgan Arab davlatlari federatsiyasi Fors ko‘rfazidagi dengiz qaroqchilariga qarshi kurashish maqsadida Buyuk Britaniya bilan kelishuv imzoladi. 1971-yil, ya’ni BAA davlat mustaqilligi e’lon qilingunga qadar u Buyuk Britaniya protektorati edi.

📈 Iqtisodiyoti

Mamlakat iqtisodi neft va gaz eksportiga asoslangan. 1973-yilda dunyoda neft xarid narxining keskin ko‘tarilishi mamlakatdagi iqtisodiy ahvolning vaqtinchalik o‘zgarishiga olib keldi. Qishloq xo‘jaligida mehnatga layoqatli aholining 5% i band bo‘lib, yetishtiriladigan mahsulotlar quyidagilar - xurmo, sabzavotlar, tarvuz, parranda, sut mahsulotlari va baliq. Mamlakat o‘z ichki oziq-ovqat mahsulotlariga boigan talabining chorak qisminigina ta’minlaydi. 2012-yil YIM miqdori 108,1 mlrd dollarni (aholi jon boshiga - 25200 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 2000 km (asfalt yotqizilgan yo‘llar - 1800 km). Mamlakatning asosiy portlari: Abu-Dabi, Dubay, Shaija, Al-Fujayra.